YaraTera Rexolin ABC
220 000 so‘m
YaraTera Rexolin ABC suvda eriydigan kompleks mikroo‘g‘itdir. Tarkibida kaliy, magniy, oltingugurt va muhim mikroelementlar mavjud. Mis, temir, marganets va rux xelatlangan shaklda berilgan. Urug‘larga ekishdan oldin ishlov berish va dorilash jarayonida qo‘llanishi mumkin. Urug‘larning unuvchanligi va unib chiqish energiyasini yaxshilashga yordam beradi. Ildizdan, bargdan hamda turli sug‘orish tizimlari orqali qo‘llanadi. Ochiq maydon va issiqxonadagi turli qishloq xo‘jaligi ekinlariga mos keladi. Hosildorlik hamda yetishtirilgan mahsulotning sifatini oshirishga yordam beradi.